Kamina kim?

Ro'zmatjon Otajon o'g'li Otajonov
2000-yil 9-dekabrda Farg'ona viloyati O'zbekiston tumani, Quibek qishlog'ida tug'ilganman. Hozirda Farg'ona shahrida yashayman. Ota ismim Saksonbek. Hujjatlarda shunday yuritiladi.

2020-yildan beri dasturlashdaman. Kichik va o'rta ko'lamdagi Open Source yoki tijoriy loyihalarda Backend, Python, PHP, Android, Flutter/Dart dasturchisi sifatida qatnashishim mumkin. Shuningdek, istalgan murakkablikda va istalgan soha uchun Desktop/Mobil ilovalar, Vebsayt va WebApp, Telegram Botlar tuzib, joylab beraman.

Sizga qanday foydam tegishi mumkin?

  • design icon

    Dasturchi xizmati

    Istalgan sohangiz, murakkablik va platforma uchun dastur, vebsayt va Telegram Bot tuzib berishim mumkin

  • Web development icon

    Hamkorlikda ishlash

    Loyihalarimda qiziqqanlaringizda qatnashishingiz uchun eshigim doim ochiq.

  • mobile app icon

    Loyihalarga taklif qilish

    Meni Open Source yoki tijoriy loyihalarga dasturchi sifatida taklif qilishingiz mumkin.

  • camera icon

    Dasturlashda yordam so'rash

    Yangi boshlagan hamkasblarimga vaqt va sharoit to'g'ri kelgan holatlarda ko'rsatma berishga tayyorman.

Ishim yuzasidan iliq fikrlar

  • Bekzodjon Abduxalilov

    Ro'zmat Otajonov

    O'bbo meney..

  • Bekzodjon Abduxalilov

    Alijon Akramov

    O'bbo size

Taniqli klientlar

Resume

O'zim haqimda maqtovlar sahifasi :)
Bu yerdagi ko'rsatkichlar nisbiy va kamina aslida siz o'ylaganday zo'r bo'lmasligi mumkin!

IT/Dasturlash

  • Python Backend
    70%
  • Go backend
    50%
  • PHP Backend
    60%
  • Flutter
    70%
  • Android
    30%
  • Rest API
    70%
  • Websockets
    20%
  • Web frontend
    40%
  • Mobile UI/UX
    50%
  • Grafik dizayn
    20%
  • Linux
    45%
  • Telegram Bot API
    50%
  • Git
    20%
  • AI engineering
    5%

Tillar

  • O'zbek (Native)
    80%
  • English
    50%
  • Русский
    40%
  • Français
    15%
  • العربية
    5%

Ta'lim

  1. Qo'qon neft va gaz sanoati kasb-hunar kolleji

    2016 — 2019

    Kolljning "Elektr tarmoqlarini ishlatish", "Electrical Engineering" yo'nalishini imtiyozli tugatdim. O'rta maxsus elektrikman.

  2. Olmota Isqtisod va Statistika akademiyasi (Qozog'iston)

    2019 — 2020

    O'zbekistonda TATU ga balim yetmagach, qo'shni davlatga topshirdim, va imtihonsiz olishdi. Yo'nalishim "Axborot tizimlari".

  3. Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Farg'ona Filiali

    2020 — ...

    O'quv yilini ikkinchi yarmini TATUFF ga ko'chirib kelib davom ettirdim. O'sha yilni karantin munosabati bilan bu yerga ham imtixonsiz qabul qilishti. Ammo o'qishni tugatmay chiqib ketdim. Bunga Oliy ta'limimdan kelajagimni ko'rmaganim, va hayotimda o'zgarish qilish hohishi sabab bo'ldi. Soham "Telekomunikatsiya texnologiyalari" edi.

Ish tajribam

  1. Elektr va Mikro Elektronika

    Bolalikdan — Hozirgacha

    Kollej soham bo'lishidan tashqari shaxsiy qiziqishlarim sababidan Elektronika sohasida hobby loyihalar bilan ishlab kelaman. Elektronika buyumlari, kompyuter va telefon qismlarini almashtirib muamolarini topib tuzata olaman. Qiziqishim Elektr tarmoqlarida emas asosan mikroelektronikada. Nasib qilsa maqsad oddiy dasturchi emas, yozgan kodimni qurilmalarda qanday ishlashini tushunadigan dasturchi bo'lish. Shunday ekan bu sohadagi safarim tugadi deb hisoblamayman.

  2. HTML/CSS/JS va PHP/Telegram Bot dasturchisi

    2020 — Hozirgacha

    Dasturlashga ilk kirib kelishim nisbatan oson PHP tilida Telegram Bot yozish va Shared Hostinglarda ishlatish va HTML/CSS/JS da frontend yozishdan boshlandi.

  3. WordPress, WooCommerce, OpenCart

    2020 — 2021

    WordPress bilan ishlash

  4. Flutter/Dart dasturchisi

    ~ 2021 — Hozirgacha

    Ushbu yo'nalishda iOS va MacOS ga ilova berkitib ko'rmadim. Lekin hozirgi tajribamda Flutterda State Managementdan Dart/Flutter uchun pub.dev da o'z paketlarimni chiqarishgacha yo'lni bosib o'tugatdim. O'rganishdaman. Native code bilan bog'langan pluginlar ham tayyorlash niyatidaman, nasib qilsa.

  5. Xavfsizlik, RestFull API, token Auth, JWT va Oauth2

    ~ 2022 — Hozirgacha

    O'rgangan hamma yo'nalishlarimda Front va Backend qismlarda xavfsizlikni ta'minlay olaman. Asosiy Authentication tizimlari bilan tanishman. Web API / Rest/RestFull API bilan ishlab kelyapman.

  6. Python va Pythonda Backend dasturchisi

    ~ 2023 — Hozirgacha

    Ommalashib borayotgan Python tiliga qiziqishim va Django dagi Backend uchun qulayliklar Meni bu yo'nalishga olib kirgan asosiy sabablar. Hozirda Pythonda OOP darajasida kod yoza olaman. PyPi.org ga Pythonda Django uchun o'zimizni Eskiz SMS servisi uchun paket chiqarishga ulgurdim. Turli kutubxonalar yordamida Telegram Bot yozish tezligim oshdi. O'rganishdaman. Nasib qilsa Python uchun C++ bilan ulanadigan paketlar yozib chiqarish va Sun'iy Intellekt, Machine Learning sohalarida ishlash niyatidaman.

  7. Linux va web server terish

    ~ 2023 — Hozirgacha

    O'rgangan narsalarimni Productionga chiqarish uchun Linux, Nginx, Apache, SystemD va boshqa server resurslari bilan tanishib chiqdim. DNS, NS tizimlarini ishlashini tushunaman. Shular asosida Noldan server tikkalash va PHP, Python, Node.JS dagi loyihalarni domen va ssl bilan joylash, nazorat qilish qo'limdan keladi. O'rganishdaman. Nasib qilsa Kubernetes va yirik ko'lamli axborot bilan ishlashni o'rganmoqchiman.

  8. Web3 / Crypto development

    ~ 2024 — Hozirgacha

    Shu yildagi Notcoin to'lqini fonida ushbu sohaga qiziqib ko'rdim va kichik TonCoin oldi sotdisi bilan ishlaydigan Telegram Bot tuzib ko'rdim. Bu sohada yangiman. Kelgusida o'rganishda davom etish va nimadir qilish haqida hali bir to'xtamga kelmadim.

Aloqa

Aloqa uchun forma